11:21 / 30.06.2015
4115

O‘zbekiston va Rossiya vakillari harbiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

O‘zbekiston mudofaa vaziri o‘rinbosari Nurmuhammad Mullaboyev Sankt-Peterburgda rossiyalik hamkasbi Anatoliy Antonov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, harbiy sohada ikki tomonlama hamda ShHT doirasida hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi bugun bo‘lib o‘tadigan ShHT tadbirida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburgga tashrif buyurdi.

Eslatib o‘tamiz, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar mudofaa vazirlari o‘zaro hamkorlik rejasini imzolaydilar.

2016-2017 yillarga mo‘ljallangan rejani imzolash marosimi bugun Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadi. Yig‘ilishda tashkilotga a'zo olti davlat vakillari ishtirok etadi. Bular Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistondir.

Top