13:54 / 30.06.2015
5507

O‘zbekistondagi 22ta sayyohlik kompaniyasi litsenziyasidan mahrum qilinishi mumkin

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 10 oktabrdagi qarorida hamda litsenziya shartnomasida ko‘zda tutilgan talablarga rioya qilmagani uchun «BO’STON TURIZM SERVIS» MChJ litsenziyasidan mahrum qilindi. Bu haqda «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi axborot xizmati ma'lum qilgan.

Vazirlar Mahkamasining Sayyohlik sohasidagi faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha komissiyasiga yana 22ta kompaniya litsenziyasini to‘xtatib qo‘yish haqida taklif kiritildi. Bular quyidagilar:

1. «Andijon sharq durdonasi» MChJ;
2. «Andijonturist» MChJ;
3. «Bukhoroturist» MChJ;
4. «Valisher lyuks» MChJ;
5. «Shahriston voyage» MChJ;
6. «O’zbek davlat sirki» MChJ;
7. «Hotel Sayokhat» MChJ;
8. «Nigsa» MChJ;
9. «Istam Rahim» MChJ;
10. «Omad Biznes Zarafshon» MChJ;
11. «Fitnes» sport klubi;
12. «Saydana» MChJ;
13. «Hotel Orient Star» MChJ;
14. «Alijon» MChJ;
15. «Uzbegim Plaza» MChJ;
16. «Abdullo» MChJ;
17. «Denov-Euroazia» MChJ;
18. «Yangiobod-Sayoxatchi» MChJ;
19. «Zafar invest impex» MChJ;
20. «Xorazm Palace» MChJ;
21. «Sobir Orqonchi» MChJ;
22. «Meros» XF.

O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 165-moddasi va Jinoyat kodeksining 190-moddasiga muvofiq litsenziyasiz faoliyat uchun jazo belgilangan.

Top