17:12 / 30.06.2015
4759

O‘zbekistonlik navbatdagi san'atkor xalqaro festival g‘olibi bo‘ldi

20-24 iyun kunlari Italiyaning Rimini shahrida bo‘lib o‘tgan opera bo‘yicha Fiyestaloniya festivalida o‘zbekistonlik Aminzoda Jumaniyozov 1-o‘rinni egalladi. Bu haqda kamolot.uz saytida xabar berildi.
Aminzoda festivalda “Maftun bo‘ldim”, fransuz tilida “Karmen” operasidan “Eskamilyo” ariyasi hamda italyan tilida “Yig‘lama” romansini ijro etdi.
“Festivalda “Maftun bo‘ldim” romansini alohida rag‘batga munosib topildi, — dedi Aminzoda. — Tomoshabinlar bu operani alohida qiziqish va zo‘r quvonch bilan qarshi oldi. O‘shanda, barchaning ko‘zidagi hayratga yana bir bor guvoh bo‘ldim”.

Top