22:27 / 30.06.2015
2544

Putin gubernatorlarga ketma-ket ikki muddatdan ko‘p marta o‘z lavozimlarida qolishni taqiqladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin viloyatlar gubernatorlari ketma-ket ikki muddatdan ko‘p marta o‘z lavozimlarida qolishlarini taqiqlovchi qonunni imzoladi. Ushbu qaror huquqiy axborot portalida chop etildi.

Hisob 2012 yildan – gubernatorlik saylovlariga qaytilgan lahzadan boshlab olib boriladi, ungacha bo‘lgan barcha muddatlar bekor qilinadi. Qonunda Rossiya Federatsiyasi sub'yekti rahbari 5 yildan ko‘p bo‘lgan muxlatga tayinlanishi mumkin emasligi hamda bunday muxlatlar ikkitadan ko‘p bo‘lmasligi aytilgan.

Shu tariqa gubernatorlar vakolatining eng maksimal muddati 10 yildan oshishi mumkin emas.

Avvalroq ushbu qonunning qabul qilinishi federatsiya sub'yektlari oliy lavozimli rahbarlari almashuvini ta'minlovchi qonun me'yorlarini aniq va bir xilda qo‘llanishiga ko‘mak berishi aytilgandi.

Top