17:25 / 30.06.2015
2780

Ronaldu Portugaliya olimpiya termasi safida Rio-de-Janeyroga borishi mumkin

Portugaliya futbol federatsiyasi prezidenti Fernandu Gomesh Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadigan 2016 yilgi Olimpiadaga boradigan yoshlar terma jamoasining muvaffaqiyatlari haqida intervyu berdi.

"Ronaldu bu musobaqadagi terma jamoa safida bo‘ladimi? Bu bo‘lishi mumkin bo‘lgan ish. Lekin biz hozircha bu haqda indamay turganimiz ma'qul", deydi Gomesh.

Qayd etilishicha, "Real" Ronalduning Braziliyadagi olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishiga rozilik bermaydi.

Top