Shu hafta seshanba kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar mudofaa vazirlari o‘zaro hamkorlik rejasini imzolaydilar.
RIA Novosti agentligining Rossiyaning tegishli vazirligi saytida chiqqan xabarnomaga tayangan holda yozishicha, 2016-2017 yillarga mo‘ljallangan rejani imzolash marosimi bugun Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadi.
Ma'lum bo‘lishicha, yig‘ilishda tashkilotga a'zo olti davlat vakillari ishtirok etadi. Bular Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistondir.