10:14 / 30.06.2015
3013

Shvetsiyalik xodima boshlig‘idan 18 mln dollar ma'naviy zarar undirdi

AQShda ishlab kelayotgan shvetsiyalik qiz Uoll-Stritdagi sobiq boshlig‘idan sud orqali 18 mln dollar ma'naviy zarar pulini undirdi. U boshlig‘ini tegajog‘liq qilishda aybladi.

Nyu-York sudi qizning foydasiga hukm chiqardi. Associated Press muxbirining sud zalidan xabar qilishicha, jarayonda omadsiz boshliq ancha payt qizning mehrini qozonishga harakat qilgani, ammo uning ko‘ngli bandligini bilgach, ishdan bo‘shatib yuborgani aniqlangan.

Bundan tashqari, qiz sobiq boshlig‘i uning qarindoshlariga “fosh qiluvchi” maktublar yo‘llagani va turli usullar bilan sharmanda qilishga uringanini iddao qilgan.

Top