08:37 / 30.06.2015
2546

Xiddink Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi

Niderlandiya qirollik futbol ittifoqi mamlakat terma jamoasi bilan jamoa bosh murabbiyi Gus Xiddink o‘rtasidagi shartnoma bekor qilinganini e'lon qildi.

68 yoshli mutaxassis bilan shartnoma ikkala tomonning o‘zaro roziligi bilan bekor qilindi.

O‘z navbatida Xiddinkning yordamchilari terma jamoa bilan ishlashda davom etaveradi.

"Hammasi shunday yakunlanganidan afsusdaman. Milliy terma jamoaga murabbiylik qilish men uchun sharaf bo‘ldi. O‘zimning izdoshimga, butun shtabga va jamoaga Fransiyadagi Yevropa chempionati yo‘lida omadlar tilab qolaman", deb izoh berib o‘tdi Xiddink.

Avvalroq Xiddinkning o‘rniga Danni Blind kelishi ma'lum qilingandi.

Top