08:27 / 30.06.2015
3063

Yaman poytaxtida "IShID" jangarilari tomonidan bomba portlatilshi oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi

29 iyun kuni Yaman poytaxti Sano shahrida bomba portlashi oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reyter xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, shahardagi harbiy gospital yaqinidagi mashinaga o‘rnatilgan bomba harakatga keltirilishi orqali terakt sodir etilgan.

Shuningdek, kamida 35 kishi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Bu terakt uchun javobgarlikni "IShID" o‘z zimmasiga olgan.

Xabar qilinishicha, bu teraktdan maqsad harbiy gospitaldagi husiychilarning 2 nafar yetakchisini yo‘q qilish bo‘lgan.

Top