22:11 / 01.07.2015
2738

Arda Turan “Chelsi”ga o‘tishiga yaqin turibdi

Madridning “Atletiko” klubi yarimhimoyachisi Arda Turan o‘z faoliyatini “Chelsi”da davom ettirishga yaqin turibdi.

Bu haqda turk OAVlari futbolchining agenti Axmet Bulutga iqtibos keltirgan holda habar bermoqdalar. Turan o‘tgan haftada “Atletiko”dan ketishini va 3-4 ta klub bilan muzokaralar olib borayotgani haqidagi xabarni tasdiqlagan edi.

Bulardan biri Londonning “Chelsi” klubi bo‘lib, ko‘rinishicha klub Turan uchun kurashda “Manchester Yunayted”ni ortda qoldirganga o‘xshaydi. Shuningdek, Turanning “Stemford Brij”ga ko‘chib o‘tishi bo‘yicha bitimga qo‘shimcha sifatida “Chelsi” yarimhimoyachisi Filipe Luis ortiga – “Atletiko”ga qaytarilishi mumkin.

Top