Ukrainaning “Shaxtyor” klubi yarimhimoyachi Duglas Kostaning “Bavariya”ga o‘tganini e'lon qildi.
Braziliyalik futbolchining transfer qiymati 30 mln yevroni tashkil qildi.
Ushbu transfer “Shaxtyor” tarixidagi 3-raqamli ko‘rsatkichni qayd etdi. Donetsk klubi Kostadan ko‘ra ikki nafar futbolchisini qimmatroqqa sotgan – yarimhimoyachilar Fernandinoni “Manchester Siti” 40 mln yevroga va Villianni “Anji”ga 35 mln yevroga sotgan.
Kosta “Shaxtyor” safida 2010 yilning 10 yanvaridan to‘p surib kelayotgan edi. U klub safida 203 ta o‘yinda maydonga tushib, 38 marta raqiblar davrozasini ishg‘ol etgan.