17:13 / 01.07.2015
3379

Facebook “xoxollar” so‘zi uchragan akkauntlarni bloklaydi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i ma'muriyati Ukrainani haqorat qilishda gumon qilingan foydalanuvchilarning sahifalarini berkitib qo‘ymoqda. Bu haqda “Izvestiya” gazetasi xabar bermoqda.

Jumladan, ma'lum qilinishicha, yozuvchi Eduard Bagirovning akkaunti “baxtsiz xoxollar” jumlasi uchun bir haftaga bloklab qo‘yilgan.
Ijtimoiy tarmoq vakillarining ma'lum qilishicha, “xoxol” so‘zi bunday kontekstda “nigger” singari haqorat so‘zlari qatoriga kiritiladi. Eslatib o‘tamiz, “xoxol” odatda ukrainlarga nisbatan ishlatiladigan haqorat so‘zdir.
Bagirov, bu voqeani sharhlar ekan, bu so‘zni salbiy bo‘yoqlarda qo‘llamasligini aytib o‘tdi.

Top