07:36 / 01.07.2015
3377

Futbol bo‘yicha Shvetsiya yoshlar terma jamoasi Yevropa chempionati g‘olibi bo‘ldi

Shvetsiya yoshlar terma jamoasi futbolchilari (21 yoshgacha) Chexiyada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionati finalida o‘zlarining portugaliyalik tengqurlarini mag‘lub etib, Yevropa chempioni unvonini qo‘lga kiritishdi. Pragada bo‘lib o‘tgan final uchrashuvining asosiy va qo‘shimcha vaqtida hisob ochilmadi.

Uchrashuv taqdiri penaltilar seriyasida hal bo‘ldi, bunda shvedlar aniqroq harakat qildi. Penaltilar seriyasi 4:3 hisobi bilan yakunlandi.

Shvetsiya yoshlar termasi tarixda birinchi marta yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati g‘olibi bo‘ldi. Bu musobaqa 1972 yildan beri har ikki yilda o‘tkazilib kelinadi.

Top