13:04 / 01.07.2015
2058

Hewlett-Packard kompaniyasi server biznesi rahbari ishdan bo‘shatildi

30 iyun kuni AQShning Hewlett-Packard vendorida o‘tkazilayotgan keng miqyosli restrukturizatsiya tufayli server biznesi rahbari ishdan bo‘shatilgani ma'lum qilindi.
Kompaniyaning rasmiy bayonotiga ko‘ra, yozda prezident o‘rinbosari, HP Enterprise Group bo‘linmasi bosh menejyeri, 47 yoshli Bill Vegte tark etadi. Iste'fo sabablari ma'lum qilinmagan. Shunchaki Vegte bundan buyon yangi loyihalar ustida ishlashi ta'kidlangan.
HP’ga kelishidan oldin (2010) Vegte Microsoft kompaniyasida rahbar lavozimlardan birini egallab turgan. U, jumladan, Windows 7 operatsion dasturini yaratish bo‘yicha mas'ul shaxslardan biri edi. HP’da u bir necha oy ichida operatsion direktor lavomizini egalladi.
2013 yil avgustida Bill HP Enterprise bo‘linmasiga rahbarlik qila boshladi. 2015 yil 1 noyabrida HP Enterprise mustaqil kompaniyaga aylanadi.
2014 yil oktabridan buyon Bill Vegte restrukturizatsiya ishlari bilan shug‘ullanib kelmoqda, shu bois bo‘linmani boshqarish bo‘yicha ko‘plab vakolatlar Antonio Neriga berilgan edi. Vegtening iste'fosidan so‘ng Neri bo‘linmaning bosh menejyeriga aylanadi.

Top