09:01 / 01.07.2015
2634

Hillari Klintonning AQSh Davlat kotibi bo‘lib ishlagan davridagi yozishmalarining bir qismi e'lon qilindi

AQSh Davlat departamenti mamlakat prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod hisoblanadigan Hillari Klintonning elektron yozishmalarini chop etdi. Bu haqda tashkilot xabarnomasida qayd etilgan.

Qayd etilishicha, bu xatlar Hillari Klinton AQSh Davlat bosh kotibi bo‘lib ishlagan davrda, 2009 yilning martidan dekabrgacha bo‘lgan muddatda yozilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, hozirgacha xatlarning 3 ming sahifalik qismi chop etilgan.

2016 yilning 15 yanvarigacha xatlar to‘liq hajmda chop etib bo‘linishi aytilgan.

Top