13:59 / 01.07.2015
8769

Internetda Ozodbek Nazarbekov nomi tushirilgan DVD pleyer suratlari paydo bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda qo‘shiqchi Ozodbek Nazarbekovning ismi tushirilgan  DVD pleyer suratlari tarqaldi.

Bu ko‘pchilik tomonidan qo‘shiqchi o‘z brendi orqali turli buyumlar ishlab chiqarishni boshlagani va o‘z nomidan foydalanganlik uchun qo‘shimcha pul ishlab topayotgani haqidagi fikrlarga sabab bo‘lgan.

Xonandaning o‘zi bu suratlarni faqat telegramda ko‘rgani va bu haqda ortiq hech narsa bilmasligini ma'lum qilgan.

Bu suratlar haqiqiy yoki fotoshop ekanligiga aniqlik kiritilmagan.

Top