22:36 / 01.07.2015
11755

Isroilda yaratilgan multfilmda Eron IShIDga qiyoslandi

Isroil bosh vazirining YouTube dagi norasmiy kanalida Eron IShIDga qiyoslangan rolik paydo bo‘ldi.

“Eron islom davlati. Xuddi IShID kabi, biroq kattaroq” deb nomlangan ushbu animatsion rolikda Eron o‘zining yaxshi ta'minlangan armiyasi sababli IShIDdan ko‘ra ko‘proq xavf solishi va unga yadroviy dasturini rivojlantirishga imkon berish butun mintaqa xavfsizligini xavf ostiga qo‘yish demakdir, deb ta'kidlanmoqda.

Rolik Eron va 6 ta davlat – AQSh, Buyuk Britaniya, Rossiya, Xitoy, Fransiya va Germaniyadan tuzilgan guruh o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha kelishuv imzolanishi muddati tugashiga bir necha soat qolganda chop etildi.

Avvalroq kelishuv imzolanishining eng oxirgi muddati 7 iyulga ko‘chirilgani ma'lum qilingandi.

Top