11:04 / 01.07.2015
2274

Messi Argentina va Paragvay uchrashuvining eng yaxshi o‘yinchisi deb tan olindi

Lionel Messi Amerika Kubogi-2015 musobaqasining yarim finalidan o‘rin olgan Argentina – Paragvay terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinning eng yaxshi o‘yinchisi deb tan olindi.

Messi ushbu o‘yinda gol kiritmagan bo‘lsa ham, uchta golga assistentlik qildi.

Qayd etish joizki, Messi hali milliy terma jamoa safida 3ta golli pas amalga oshirmagandi.

Eslatib o‘tamiz, 4 iyul kuni o‘tkaziladigan final uchrashuvida Argentina terma jamoasi musobaqa mezboni Chiliga qarshi maydonga tushadi.

Top