23:17 / 01.07.2015
2571

Ostona avtobuslarida bepul Wi-Fi xizmati joriy qilindi

Qozog‘iston poytaxti Ostonada harakatlanuvchi 400 ta avtobusda bepul Wi-Fi xizmati joriy qilindi, deb aytmoqda “Astana LRT” kompaniyasi boshqaruvi raisi Talgat Ardan.

“Avtobuslar Wi-Fi-modullar va modemlar bilan jihozlanadi. Butun jamoatchilik transporti ushbu xizmat bilan ta'minlanadi. Hozirda 400 ta avtobusda bu xizmat joriy qilindi”, deb aytdi Ardan matbuot-anjumanida hamda iyul oyining oxiriga qadar poytaxtdagi hamma avtoparklar Wi-Fi-modullari bilan ta'minlanishini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Matbuot-anjumanda ta'kidlanganidek, jamoat transportini bepul Wi-Fi xizmati bilan ta'minlash loyihasi 2013 yilda boshlangan. Shundan beri Qozog‘istonning 8 ta shahri – Kustanay, Kokshetau, Qarag‘anda, Qizilo‘rda, Petropavlovsk, Turkiston, Uralsk va Olma-otada bepul Wi-Fi xizmatiga ega 200 ga yaqin avtobus harakatlanmoqda.

Top