19:18 / 01.07.2015
3346

The Guardian jurnalisti: “Manchester Yunayted” Myullerni sotib olish uchun katta pul taklif qildi

The Guardian nashrining germaniyalik jurnalisti Rafael Xenigshtayn “Manchester Yunayted” klubi “Bavariya” bilan hujumchi Tomas Myullerning transferi bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini ma'lum qildi.

“Manchester Yunayted” Shvaynshtaygerga qiziqish bildirayotgani bu chalg‘ituvchi harakatdir. Aslida klub Tomas Myullerning transferi bo‘yicha katta urinishlarni amalga oshirmoqda. “Bavariya”dagi yangiliklarin kuzatib boring.

Qayd etish joizki, “Bavariya” Myullerni sotmoqchi emas. Biroq “Yunayted” Myuller uchun ulkan pul va'da qilmoqda.

Di Mariya yoki “MYu”ning boshqa o‘yinchilari ushbu bitimga kiritiladi, deb o‘ylamayman” deb aytdi Xenigshtayn o‘zining tvitterida.

Top