11:54 / 01.07.2015
2410

Tiago Silva "Yuventus"ning short-listida qayd etildi

Turinning "Yuventus" jamoasi keyingi mavsum arafasida o‘zining himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi.
 
La Gazzetta dello Sport nashri ma'lumotlariga ko‘ra, jamoa birinchi navbatda "PSJ"dan braziliyalik himoyachi Tiago Silvani xarid qilishni rejalashtirgan.
 
Shuningdek, "Yuventus" "Zenit"ning argentinalik futbolchisi Esekiel Garay, "Bavariya"ning marokashlik himoyachisi Mehdi Benatiya, "Atletiko"ning urugvaylik himoyachisi Diyego Godin hamda "Monako" a'zosi Aymen Abdennurning xizmatiga jiddiy qiziqish bilan qaramoqda.
 
Top