17:04 / 02.07.2015
3743

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Toshkent-Minsk-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reysni amalga oshirdi

2 iyul kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Toshkent-Minsk-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reysni amalga oshirdi. Bu haqda kompaniya sayti orqali xabar qilindi.
Matnda qayd qilinishicha, A320 layneri ekipaji komandir o‘quv-mashq markazi uchuvchi-uslubiy bo‘limi boshlig‘i Sergey Tyan, uchuvchi-instruktor Shuhrat Ahmedov va ikkinchi uchuvchi Temur Umrzoqovdan iborat bo‘ldi. Belarus poytaxtiga 150 nafar yo‘lovchi yetkazildi.
Minsk aeroportiga kirib kelgan samolyot tantanali ravishda, mushaklar bilan kutib olindi.
Aytilishicha, ushbu yo‘nalishdagi reyslar haftasiga ikki marta – seshanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi. A-320dan tashqari, reyslarga Boing-757/767 laynerlari ham jalb qilinadi.

Top