19:46 / 02.07.2015
6119

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 509 mlrd so‘mlik aksiyalarni muomalaga chiqardi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2015 yilning 11 iyunida umumiy miqdori 509 mlrd so‘mlik 430 so‘m nominalga ega 1,1 mlrd ta oddiy aksiyani muomalaga chiqarish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda kompaniya bergan xabarda ma'lum qilindi.

Qimmatbaho qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi kompaniyaning birinchi emissiyasini 2015 yil 19 iyunda ro‘yxatdan o‘tkazdi. Aktsiyadorlik jamiyatining qimmatbaho qog‘ozlari yopiq obuna bo‘yicha joylashtirilmoqda.

2015 yil 11 iyunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasining navbatdan tashqari yig‘ilishida kompaniyani aksiyadorlik jamiyatiga o‘zgartirishga qaror qilingan edi.

Yig‘ilishda aksiyadorlik jamiyatining yangi aksiyalarini muomalaga chiqarish va emissiya prospekti haqidagi qaror tasdiqlangan edi.

Ma'lumot uchun, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATYK 1994 yilning 7 noyabrida tashkil etilgan. Kompaniya tarkibiga “O‘ztemiryo‘lkonteyner” ShK, “O‘ztemiryo‘lpass” AJ, “O‘ztemiryo‘lekspeditsiya” DK, “Yo‘lRefTrans” AJ va “O‘zvagonta'mir” AJ kiradi.

Top