01:03 / 02.07.2015
4276

«Bunyodkor» va «Paxtakor» safarda g‘alaba qozonishdi

Oliy liganing 15-turidan o‘rin olgan ikkita o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. Unda “Bunyodkor” safarda “Qo‘qon-1912” klubini, “Paxtakor” esa “Andijon” jamoasini kichik hisobda mag‘lub etdi.

“Qaldirg‘ochlar”ga Doston Hamdamovning goli g‘alaba keltirdi. “Sherlar” esa Stanislav Andreyevning yagona goli evaziga uch ochkoni qo‘lga kiritishdi.

Shu tariqa "Paxtakor" jamoasi o‘z ochkolari sonini 37taga yetkazib oldi. Eslatib o‘tamiz, "sherlar" hisobida "Qo‘qon-1912"ga qarshi 2-turning qoldirilgan yana bitta o‘yin zaxirasi mavjud.

”Qo‘qon-1912” - “Bunyodkor” 0:1
Gol: D.Hamdamov, 77
“Qo‘qon-1912”: 16.Andrey Baklanov, 24.Ilya Ilin, 29.Igor Golban, 27.Shoxruh Xolmatov, 23.Furqat Hasanboyev, 22.Orif Mamadjonov, 6.Bahodir Akramov, 10.Quvondiq Ro‘ziyev, 18.Sardor Eminov, 17.Aziz To‘xtaboyev, 11.Doniyor Usmonov.
“Bunyodkor”: 25.Murod Zuhurov, 2.Akmal Shorahmedov, 4.Xayrulla Karimov (c), 6.Anvar G‘ofurov, 7.Shaker Zuagi, 8.Javlon Ibrohimov, 9.Minori Sato, 13.Ivan Miloshevich, 17.Dostonbek Hamdamov, 19.Zabihillo O‘rinboyev, 39.Eldor Shomurodov.

“Andijon” - “Paxtakor” 0:1
Gol: Andreyev, 45+2
"Andijon": Moshnyaga, Guseynov, Tursunov, Qodirov, Vasilev, Rahmonov, Jadigerov, Otaxonov, A'zamov, Vuyovich, Abdullayev
"Paxtakor": Lobanov, Merzlyakov, Krimets, Oraxovats, Hoshimov, Kozak, Sohibov, Maxaradze, Andreyev, Karimov, Sergeyev.

Manba: uff.uz

Top