21:21 / 02.07.2015
4043

Eron MAGATE bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ma'lum qildi

Eron Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ma'lum qildi. Bu haqda Eron delegatsiyasidagi diplomatik manbaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

Manba MAGATE bosh direktori Yukiy Amanoning Tehronga kelishining muhimligini ham ta'kidlab o‘tdi.

“Muzokaralarning bu bosqichida Amano va bizning rasmiy shaxslar o‘zaro hamkorlik qilishlari juda muhim hisoblanadi. Oldinda qiladigan ishlarimiz ko‘p va biz MAGATE bilan yaqindan hamkorlik qilishimiz kerak. O‘ylashimcha, Amano hamkorlik qilishga ijobiy javob oladi, chunki bunda Eronning maqsadlari va qarorlari qaralmoqda. Agentlik biz bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor. Ikkala tomon kelishuvlarni bir tekis amalga oshirish uchun birga ishlashdan manfaatdor”, deb aytmoqda manba.

Bundan tashqari, Tehron yadroviy muzokaralar natijasida barcha tomonlarni qoniqtiradigan Erondan yadroviy yonilg‘ini olib chiqib ketish bo‘yicha qaror ishlab chiqilishiga erishilishiga umid bildirdi.

Top