16:16 / 02.07.2015
4320

Fransiya va Rossiya “Mistral”larning tovon pulini kelishib oldi

Rossiya va Fransiya “Mistral” vertolyot tashuvchi kemalarini yetkazib berish shartnomasining buzilishi uchun tovon pulini kelishib olishdi. RIA Novosti agentligining o‘z manbasiga tayanib ma'lum qilishicha, muzokaralarning keyingi bosqichi iyul oyida bo‘lib o‘tadi.
May oyida bo‘lib o‘tgan muzokaralarning birinchi raundi muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi.
Ilgari matbuotda paydo bo‘lgan xabarlarga ko‘ra, Fransiya 800 mln yevro to‘lashga tayyor ekanligini ma'lum qilgan, Rossiya esa 1.1 mlrd yevro talab qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaga nisbatan YeI tomonidan joriy qilingan iqtisodiy va cheklovlar tufayli Fransiya ilgariroq tuzilgan ikkita “Mistral” vertolyot tashuvchi kemalar yetkazib berish bo‘yicha shartnomani buzib, ularni Rossiyaga yetkazib berishdan bosh tortgan edi. Shartnomani bajarmagan Fransiya tovon pulini to‘lashga majbur bo‘lmoqda.

Top