12:21 / 02.07.2015
2495

Hindistonda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashishi tufayli 25 kishi halok bo‘ldi

2 iyul kuni Hindistonning Madxya-Pradesh shtatidagi yo‘llardan birida avtobus va yuk mashinasi o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. 25 kishi ushbu yo‘l transport hodisasi qurboniga aylangan. Bu haqda The New Indian Expres nashri mahalliy politsiya ma'lumotlariga asoslanib, xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, 15 kishi voqea joyida halok bo‘lgan, 10 kishi shifoxonaga olib borilgach, jon bergan. Shuningdek, 9 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan.

Shtat hukumati ushbu fojia qurbonlarining oila a'zolariga moddiy yordam ko‘rsatilishi haqida ma'lum qildi.

Ayni vaqtda YTH sabablari o‘rganilmoqda.

Top