20:02 / 02.07.2015
3287

Intel prezidenti 2016 yilning boshida iste'foga ketmoqda

Intel Corp. kompaniyasi prezidenti Rene Jyeyms boshqa kompaniyada bosh ijrochi direktor lavozimini egallashi sababli 2016 yilning boshida iste'foga ketadi, deb aytilmoqda kompaniya bergan xabarda.

Hozircha Jyeyms aynan qaysi kompaniyaga o‘tayotgani haqida ma'lumotlar oshkor etilmagan. Jyeyms o‘z vakolatlarini topshirish jarayoniga ko‘mak berish maqsadida Intel da yanvargacha qolishga rozi bo‘ldi.

Ushbu munosabat bilan kompaniyada bir qator tashkiliy o‘zgartirishlar amalga oshiriladi. Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarish Intel bosh direktori Brayan Krjanich zimmasiga o‘tkaziladi, alohida davlatlardagi bo‘linmalar prezidentlari kompaniyaning savdo va marketing guruhi rahbari Greg Pirsonga hisobot topshiradilar.
Bundan tashqari, 2016 yilning yanvarida kompaniyani Intel Capital prezidenti Arvind Sodxaniy ham tark etadi. Uning majburiyatlarini kompaniyaning qo‘shib va yutib olish bo‘linmasi rahbari Vendell Bruks egallaydi.

Top