16:42 / 02.07.2015
1934

Kruiff "Barselona" prezidentligi uchun saylovda Laporta nomzodini qo‘llab-quvvatlaydi

"Barselona" jamoasining sobiq bosh murabbiylaridan biri Yoxan Kruiif jamoa prezidentligi uchun saylovlar bo‘lib o‘tishiga oz vaqt qolganida, bu jarayonda Joan Laporta tarafdori bo‘lishini ma'lum qilib o‘tdi.

"Barselona"da prezidentlik saylovi o‘tkazilishiga rostdan ham ehtiyoj bor. Yakunlangan mavsumda olqishga sazovor yutuqlarga erishilgan bo‘lsada, hozir avvalgi "Barselona" yo‘q. Masalan, hozirgi futbol akademiyasi avvalgidek emas. Jamoaga yangi prezident kerak va men Laporta nomzodini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. U avvalgi "Barselona"ni qaytara olishiga ishonaman", deydi u Marca nashriga bergan intervyusida.

Ma'lumot uchun, katalonlar jamoasi prezidentligi uchun saylovlar shu yilning 18 iyul kunida o‘tkaziladi.

Top