12:49 / 02.07.2015
1771

"Manchester Yunayted" de Xeaning narxini 35 mln yevroga tushirdi

"Manchester Yunayted" va "Real" jamoalari David de Xeaning transferi bo‘yicha muzokaralarda o‘zaro kelishuvga yaqin turishibdi.

As nashri xabariga ko‘ra, manchesterliklar ushbu darvozabonning narxini avvalgi 46 million yevrodan 35 millionga tushirgan. "Real" esa 24 yoshli posbon uchun 30 million yevro to‘ashga tayyorligini bildirmoqda.

Xabarda yozilishicha, "MYu" bu qarorga jamoani yangi mavsumga tayyorgarlikdan chalg‘itmaslik uchun kelgan. Bundan tashqari jamoa bosh murabbiyi Lui van Gal 13 iyungacha yangi darvozabon sotib olishni istayapti, aynan shu kundan "MYu"ning AQSh bo‘ylab turnesi boshlanadi.

Top