00:54 / 02.07.2015
3589

Mundo Deportivo: Argentina bosh murabbiyi Martino birinchi bo‘lib ikkita turli terma jamoa bilan Amerika kubogi finaliga chiqdi

Argentina Amerika kubogining yarimfinalida Paragvay termasini 6:1 hisobida yirik hisobda mag‘lub etib, musobaqa finaliga yo‘l oldi.

“Albiselestelar”ning bosh murabbiyi Xerardo Martino ketma-ket ikkinchi marta o‘zi murabbiylik qilayotgan jamoani ushbu musobaqaning finaliga olib chiqdi. Bunday natijaga hali hech kim erishmagan edi, deb xabar bermoqda Mundo Deportivo nashri.

52 yoshli mutaxassis, shuningdek bu vazifani ikkita turli terma jamoa bilan amalga oshirgan birinchi mutaxassis bo‘ldi. 2011 yilda bo‘lib o‘tgan avvalgi Amerika kubogida uning qo‘l ostidagi Paragvay jamoasi finalda Urugvayga 3:0 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Top