"Sevilya" klubi "Milan" bilan himoyachi Odil Ramining transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. 29 yoshli futbolchi yaqin vaqt ichida ispan klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan so‘ng 4 yillik shartnoma imzolaydi.
Frantsuz futbolchisi "Milan"ga 2014 yilda o‘tgan va o‘tgan mavsumda jamoaning 21 o‘yinida ishtirok etgan edi.