13:31 / 02.07.2015
3040

Samsung Level U Bluetooth-garniturasi taqdim etildi

Samsung kompaniyasi premium toifadagi audioaksessuarlar qatoriga yana bir mahsulotni qo‘shib qo‘ydi. Bu Level U simsiz Bluetooth-garniturasi bo‘lib, bo‘yinda taqib yuriladi.
Uskuna ovoz uzatishda o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi va qo‘llashda qulayligi aytilmoqda.
Garniturani smartfonga ulash uchun Bluetooth 4.1 simsiz aloqa tarmog‘i qo‘llanadi. Korpusdagi tugmalar ovozni boshqarish, ashulalarni o‘tkazish, ijroni to‘xtatish imkonini beradi.
Yangi mahsulot ikkita mikrofonga ega. Ulardan biri fon shovqinlarini bosishga xizmat qiladi. Akkumulyatorli batareya 10 soat qo‘shiq eshitishga va 11 soat telefonda gaplashishga yetadi. Gadjyetning og‘irligi 33 gr ni tashkil qiladi.

Top