21:56 / 02.07.2015
7999

Taybeyda falokatga uchragan samolyot uchuvchisining falokatdan oldin aytgan oxirgi so‘zlari chop etildi

Tayvan aviatsiya xavfsizligi kengashi 2015 yilning fevralida ATR-72-600 samolyotining falokatga uchrashi bo‘yicha hisobotni taqdim etdi. Tashkilotning saytida parvozning taymlayni chop etildi. Aniqlanishicha, uchuvchining samolyot falokatga uchrashidan avval aytgan oxirgi so‘zlari “Voy, men boshqa dvigatelni o‘chirib qo‘yibman” degan so‘zlari bo‘lgan.
Samolyot 2015 yilning 4 fevralida falokatga uchragan. Samolyot bortida 58 kishi bo‘lgan. Layner havoga ko‘tarilganda uning o‘ng dvigateli ishlamay qolgan. “Qora qutida” qayd qilingan yozuvdan uchuvchi ishlamayotgan dvigatelni o‘chirish o‘rniga soz ishlayotgan chap dvigatelni o‘chirib qo‘ygan.

Shu bilan birga uchuvchi oxirgi lahzagacha boshqa dvigatelni o‘chirib qo‘yganini tushunmagan. Uchuvchi sekin-asta pastlash o‘rniga ishlamaydigan dvigatel bilan qilish man qilingan ishni amalga oshirgan, ya'ni samolyotning burnini tepaga ko‘targan. Samolyot qulashi oqibatida 33 kishi, jumladan 2 nafar uchuvchi halok bo‘lgan.

Top