20:10 / 02.07.2015
12561

Toshkentlik militsiya xodimi kun qahramoniga aylandi

Toshkentda yashovchi Yelena Sherbakova o‘ziga tegishli pul va plastik kartochka solingan hamyonni topib, unga qaytarib bergani uchun Toshkent Qo‘riqlash boshqarmasi 1-alohida bataloni mayori Bahodir Ergashevga o‘zining katta minnatdorchiligini bildirdi.

Ayolning aytishicha, u taksiga o‘tirayotganda ichida ancha katta pul va Trastbank tomonidan berilgan plastik kartochkasi hamda o‘zining kichkina hajmdagi surati bo‘lgan hamyonini tushirib qo‘ygan.
“Bundan ko‘nglim juda xira bo‘ldi. Yo‘qotgan pullarimga qancha narsa sotib olishim mumkinligini o‘ylab, e'tiborsizligim uchun o‘zimni koyidim. Va birozdan keyin “bo‘lgan ish bo‘ldi” deb sekin-asta o‘zimni tinchlantira boshladim. Shunda birdan telefon jiringlab qoldi: “Yelenamiz?”. “Ha” deb javob berdim. “Sizga Transtbankdan qo‘ng‘iroq qilyapmiz – militsiya xodimi sizning kartochkangizni olib keldi”. Men: “Hamyon ham bor ekanmi?” deb so‘radim. Menga javob berishdi: “Ha hamyoningiz ham bor, agar bularni haqiqatda siz yo‘qotgan bo‘lsangiz bankka kelib olib ketishingiz mumkin, sizga tegishli hamma narsa qaytarib beriladi”. Men 5 daqiqayoq bankka yetib bordim va u yerda Bahodir Shavkatovich hamyondagi suratim bilan meni solishtirib, hamyon egasi ekanligimga ishonch hosil qilgandan keyin yo‘qotgan hamyonimni va undagi barcha narsalarni to‘la-to‘kis qaytarib berdi”, deb yozmoqda Yelena Sherbakova ijtimoiy tarmoqlardan birida.

Top