07:03 / 02.07.2015
2222

UYeFA “PSJ”dan barcha moliyaviy cheklovlarni soqit qildi

Parijning “PSJ” klubidan UYeFAning moliyaviy feyr-pley qoidalari bo‘yicha kiritilgan barcha cheklovlar olindi.

Frantsuz klubi endi transfer uchun pullarni istalgancha miqdorda ishlatishi mumkin.

Klub endilikda 60 mln yevro miqdoridagi transfer byudjyeti bilan chegaralanmagan, parijliklar yangi o‘yinchilarni xarid qilish uchun futbolchilarni sotishga majbur bo‘lmaydi. Shuningdek, jamoaning Chempionlar Ligasiga e'lon qilinadigan futbolchilar tarkibi ham kengaytirildi (avval moliyaviy feyr-pley qoidalarining buzilishi sababli tarkib 21 nafar o‘yinchigacha qisqartirilgan edi).

UYeFA “PSJ”dan bu cheklovlarni klubning moliyaviy ko‘rsatkichlari oxirgi yillarda ancha yaxshilangani bois soqit qildi.

Top