WikiLeaks portali oshkor qilgan navbatdagi hujjatlardan ma'lum bo‘lishicha, AQSh milliy xavfsizlik agentligi Germaniyaning bir qator vazirlari, stats-kotiblari va boshqa amaldorlarining telefon qo‘ng‘iroqlarini eshitib borgan. Bu haqda Suddeutsche Zeitung gazetasi yozmoqda.
Aytilishicha, kuzatuv ishlari o‘tgan asrning 90-yillaridan boshlangan.
Ayg‘oqchilikni amalga oshirishda ularga Britaniya maxfiy xizmatlari yordam bergan bo‘lishi mumkin, deyiladi portalda.