18:38 / 02.07.2015
3257

Windows 8.1 Windows XP`dan mashhurlik borasida o‘zib ketdi

Windows 8.1 ning ulushi birinchi marta Windows XP`nikidan ko‘p bo‘ldi. Bu haqdagi statistik ma'lumot Net Marketshare saytida joylashtirilgan.
Hozirgi kunda operatsion tizimlar bozorida Windows 8.1 ulushi 13,12 foizni tashkil etmoqda. Bu paytda esa Windows XP`ning ko‘rsatkichlari 11,98 foizga teng.

Windows 8.1 va Windows XP dunyoning ikkinchi va uchinchi raqamli operatsion tizimlari bo‘lib turibdi. Birinchi o‘rinda 60,98 foizlik ulushga ega bo‘lgan Windows 7 mustahkam joylashgan. Bulardan tashqari reytingda 2,9 foizga ega Windows 8 hamda 1,6 foizlik ulush bilan Windows Vista ham qayd etilgan.
Microsoft tomonidan ishlab chiqarilmagan operatsion tizimlar orasida birinchilikni Mac OS X 10.10 Yosemite 4,54 foizlik ko‘rsatkich bilan egallagan. Linux esa bozorda 1,61 foizlik ulushga ega bo‘lib turibdi.

Top