11:13 / 02.07.2015
3177

Yunusobodda 9-sinf o‘quvchisi qarindoshining uyidan qariyb 1 mln so‘m o‘g‘irlab ketdi

Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan maktablardan birining 9-sinf o‘quvchisi Sharif Akromov qarindoshi, amakisining uyidan 800 ming so‘m o‘g‘irlab ketganlikda ayblandi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi yozmoqda.
Aytilishicha, 1999 yili tug‘ilgan Akromov 2015 yilning qishida do‘sti va sinfdoshi Jamshid Jalolov bilan birgalikda amakisining uyiga kirib, u yerda faqat yangasi Manzura G‘iyosova borligini, uy nazoratsiz ekanligini ko‘rib, yotoqxonadan 300 ming so‘m olib chiqib ketgan.
Oradan ancha vaqt o‘tib, barcha qarindoshlari to‘yga ketganidan foydalanib, Akromov, Jalolovdan tashqari, boshqa sheriklari – 1999 yili tug‘ilgan Husan Zoitov va 2000 yili tug‘ilgan Boriy Bahromov, Jasur Shamshodovlar bilan birga amakisining uyiga kirib, 0.5 mln so‘m o‘g‘irlab chiqib ketgan.
Uyga kimdir kirganini va pul yo‘qolganini sezgan G‘iyosova darhol militsiyaga xabar bergan. Tekshiruv natijasida jinoyatni voyaga yetmagan maktab o‘quvchilari qilgani va ularning boshlig‘i G‘iyosovaning qarindoshi Sharif ekanligi aniqlandi.

Top