17:54 / 03.07.2015
3460

Amerikalik alpinist Qirg‘izistondagi Lenin cho‘qqisida halok bo‘ldi

AQSh fuqarosi Qirg‘iziston tog‘larida halok bo‘ldi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.
“Bugun qurolli kuchlar harbiy havo kuchlari aviatsiyasi Mi-8MTV vertolyotida o‘tkazilgan qidiruv-qutqaruv amaliyoti natijasida Lenin cho‘qqisida, 4 650 m balandlikda AQSh fuqarosi Ziverd Endryuvning jasadi evakuatsiya qilindi. U cho‘qqiga chiqish chog‘ida halok bo‘ldi”, – deyiladi Bishkek bosh shtabi bayonotida.
Lenin cho‘qqisi O‘rta Osiyodagi eng baland tog‘lardan bo‘lib, dengiz sathidan 7 134 m yuqoridir.

Top