07:19 / 03.07.2015
2273

AQSh IIV: Washington Redskins jamoasiga nomini o‘zgartirishi evaziga yangi o‘yingoh qurish uchun ruxsat beriladi

Barak Obama ma'muriyati Milliy futbol ligasida Vashingtion shahri nomidan qatnashadigan Washington Redskins (Vashington qizil tanlilari) jamoasidan o‘z nomini o‘zgartirishini so‘ramoqda. Agar bu talab bajarilmasa, jamoa shaharda o‘zi uchun yangi o‘yingoh qurishga ruxsat olmaydi. Bu haqda Mediaite xabar bergan.

"Shaxsiy fikrimcha, jamoalar "Qora tanlilar", "Oq tanlilar" yoki "Jigarranglilar" kabi nomlarga ega bo‘lishi qo‘rqinchli ko‘rinadi. Bizning zamonamizda bunday nomlarni o‘zgartirish kerak", deydi Ichki ishlar vaziri Salli Juell.

Uning qayd etishicha, Washington Redskins jamoasi yangi stadion qurish huquqiga ega bo‘lishi uchun nomini o‘zgartirishi hamda shahar meri bilan suhbatdan o‘tishi kerak bo‘ladi.

Top