07:53 / 03.07.2015
13079

AQSh Rossiya va "IShID"ni o‘zining asosiy dushmanlari sifatida ko‘rmoqda

AQSh Qurolli kuchlari shtablari boshliqlari qo‘mitasi AQShning yangi milliy harbiy strategiyasini chop etdi. 1 iyul kuni ushbu hujjat Pentagonda o‘tkazilgan matbuot-anjumanida AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter va Shtablar boshliqlari birlashgan qo‘mitasi boshlig‘i Martin Dempsi tomonidan rasman taqdim etildi.

Har to‘rt yilda yangilanadigan harbiy strategiya AQSh Qurolli kuchlari rahbariyati dunyodagi vaziyatni, unda AQShning tutgan o‘rnini qanday ko‘rishi va AQSh mamlakat xavfsizligining qanday muhim muammolarini o‘zining qurolli kuchlari bilan hal qilishi mumkinligi haqida tushuncha beradi.

Yangi harbiy strategiyada birinchi marta “gibrid urush”, ya'ni davlat va nodavlat tuzilmalarining harbiy harakatlarni olib borishdagi birlashuvi atamasi kiritildi.

Martin Dempsi nodavlat tuzilmalari ishtirokidagi zamonaviy harbiy mojarolar uzoq davom etuvchi va oldindan aytib bo‘lmaydigan bo‘lishi va AQSh ularga tayyor turishi kerakligini ta'kidlab o‘tdi.

"IShID" terrorchilik tashkilotining harakatlari gibrid urushga asosiy misol qilib keltirilmoqda. Yana bir misol sifatida Rossiyaning Qrimdagi harakatlari keltirilmoqda. Bu vaziyatda “gibridlik” alomati bo‘lib “o‘zining nodavlat maqomda ekanligini ta'kidlayotgan kuchlar”ning ishtirok etishi hisoblanadi.

Biroq Rossiya AQShda katta xavotirlanish uyg‘otayotgan yagona davlat bo‘lmadi.

Rossiya va Xitoy Shimoliy Koreya va Eron bilan bir qatorda “revizionist davlatlar” sifatida bir guruhga birlashtirildi. Bu vaziyatda ushbu davlatlarning mavjud dunyo tartibiga e'tiroz bildirishga harakatlari nazarda tutilmoqda.

Eron va Shimoliy Koreya bilan bog‘liq vaziyatda gap anchadan beri mavjud bo‘lgan e'tirozlar haqida ketmoqda. Xitoyga uning Janubiy Xitoy dengizidagi faolligi va Sprattli arxipelagining bir qismi ustidan bir tomonlama nazorat o‘rnatishi kabi harakatlari yuzasidan e'tiroz bildirilmoqda.

Shu bilan birgalikda, strategiyada AQSh Xitoyning o‘sishida xavf ko‘rmayotganini va uning ijtisodiy va davlat yutuqlarini qarshilashi hamda global xavfsizlik masalalarida uning hamkorligiga ishonishi aytilgan.

Umuman olganda, bu strategiyada Rossiya o‘zining maqsadlari erishish uchun kuchdan foydalanishdan toymaydigan, xalqaro majburiyatlarni hurmat qilmaydigan davlat sifatida keltirilgan.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ushbu yangi hujjatning Rossiyaga nisbatan “adovat kayfiyatida” ekanligiga o‘z e'tirozini bildirib o‘tdi.

Top