10:43 / 03.07.2015
4191

AQShda politsiyachilar va o‘t o‘chiruvchilar ishtirokida o‘tkazilayotgan velopoyga vaqtida Braziliya vakili halok bo‘ldi

AQShning Vashington, Virjiniya va Merilend shtatlari hududi bo‘ylab o‘tkazilayotgan Butun dunyo o‘t ochiruvchilari va politsiyachilari velopoygasi turniri vaqtida fojia yuz berdi.

Mahalliy politsiyaning ma'lumotiga ko‘ra, braziliyalik ishtirokchi velosipedlar o‘rtasidagi to‘qnashuv tufayli halok bo‘lgan, yana ikki nafar velosipedchi og‘ir tan jarohatlari olishgan.

48 yoshli braziliyalik Karlos Silva poyga trassasida velosipedidan yiqilib, boshqa velosipedlar ostida qolishi oqibatida o‘limga olib keluvchi jarohatlar olgan.

Bu turnir 26 iyun kuni boshlangan, 5 iyulgacha davom etadi. Turnirga dunyoning 70 mamlakatidan 12 mingga yaqin ishtirokchi kelgan.

Politsiyachilar va o‘t o‘chiruvchilar o‘rtasidagi bunday turnir 30 yildan buyon har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. 2 yil oldin bu musobaqa Shimoliy Irlandiyaning Belfast shahrida bo‘lib o‘tgan, 2 yildan keyingisi esa Kanadaning Monreal shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Top