18:41 / 03.07.2015
4770

AQShning milliy bayrami Toshkentda nishonlandi

2 iyul kuni Toshkentda AQShning mustaqillik kunini nishonlashga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. “Turkiston-press” agentligining xabar berishicha, tadbirda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen ishtirok etdi.
Spratlen xonim o‘z chiqishida 1991 yildan buyon ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning har tomonlama rivojlanib kelayotganini ta'kidlab o‘tdi.
Elchi AQSh O‘zbekistonning mustaqilligini tan olgan birinchi davlatlardan biri bo‘lganligini eslatib o‘tdi. Shuningdek, u O‘zbekiston tarixiy-madaniy merosining muhim ahamiyat kasb etishini, Samarqand, Buxoro, Xiva singari tarixiy markazlar dunyo hamjamiyatining diqqatini tortib kelayotganligini alohida qayd qilib o‘tdi.
AQShda 239 yildan buyon 4 iyul kuni nishonlanib kelayotgan Mustaqillik kuni haqida gapirarkan, Spratlen xonim AQShning asosiy yutuqlaridan biri o‘shanda yaratilgan tizim bugunga qadar, ko‘plab sinovlar va qiyinchiliklardan o‘tgan holda ishlab kelayotgani ekanligini aytdi.
“AQShning barqarorligi tijorat iqtisodiyoti, qonun ustuvorligi, mashaqqatli mehnat va qadriyatlarimizga asoslanadi”, – o‘z fikrlariga xulosa yasadi AQSh vakili.

Top