18:24 / 03.07.2015
2908

Farg‘ona viloyatida mol o‘g‘rilari ushlandi

Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani IIBga fermer xo‘jaligi dala maydonidan noma'lum shaxs to‘rt bosh qoramolini o‘g‘irlab ketganligi haqida xabar kelib tushgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Voqea joyiga yetib kelgan ichki ishlar xodimlari tomonidan jabrlanuvchi hamda voqeaga guvoh bo‘lgan kishilar bilan tezkor surishtiruv ishlari olib borilib, gumonlanuvchi shaxsning alohida belgilari aniqlandi. Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni mahalliy aholi vakiliga mansub 30 yoshli fuqaro sodir etganligi aniqlandi

G‘araz niyatli shaxs qo‘lga olindi. Hozirda uning boshqa mulkiy jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top