09:10 / 03.07.2015
1510

Filippinda halokatga uchragan parom qurbonlari soni 38 kishini tashkil etdi

2 iyul kuni Filippinning Leyta oroli yaqinida yo‘lovchi paromi halokatga uchrashi natijasida halok bo‘lganlar soni 38 nafarga yetdi. Bu haqda Filippin sohil qo‘riqlash xizmati tomonidan xabar qilingan.

Xabarda aytilishicha, 134 kishi qutqarib olingan, 15 kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda.

Bundan oldin halokat qurbonlari soni 36 nafar bo‘lgani xabar qilingandi.

Filippin sohil qo‘riqlash xizmati rahbari Arman Baliloning ma'lum qilishicha, qutqarish ishlari jarayonidan Filippin Harbiy-dengiz kuchlariga tegishli kema hamda 2 harbiy samolyot ishtirok etgan.

Kema MV Kim Nirvana-B Ormok portiga 200 metr uzoqlikda falokatga uchragan. Kema Kamotes oroliga yo‘l olgan bo‘lib, kuchli dengiz to‘lqinining ko‘tarilishi oqibatida ochiq dengizga chiqqan kema ag‘darilib ketgan.

Kemaga haddan tashqari ko‘p yuk ortilgani halokatga sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Suv transporti 7 mingdan ortiq orollar mavjud bo‘lgan Filippinda asosiy transport hisoblanadi va bu arxipelag davlatda tez-tez shunday halokatlar sodir bo‘lib turadi.

1987 yilning dekabrida yo‘lovchi kema va suvosti tankeri to‘qnashib ketishi natijasida 4 ming nafardan ortiq filippinlik halok bo‘lgandi.

Top