00:38 / 03.07.2015
10830

Germaniya kansleri Angela Merkel iftorlikka tashrif buyurdi

Germaniya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Berlindagi Tegil shaharchasida seshanba kuni Ramazon oyi munosabati bilan musulmonlar uchun iftorlik dasturxoni tashkil qilindi.

Iftorlik tadbirida Germaniya kansleri Angela Markel xonim ham ishtirok etdi. U o‘z so‘zida, haqiqatda Islom Germaniyaga qisman yaqin kelib qoldi, deb ta'kidladi.

Mazkur xayrli tadbirda Germaniya hukumatining yetuk siyosat arboblari va turli din vakillari ham qatnashdilar. Jumladan, iftorlik dasturxoniga tashrif buyurgan Germaniya davlat vazirasi Eydan xonim ham o‘z fikrlarini yig‘ilganlarga yetkazdi.
U so‘zida, ekstremistik va terroristik harakatlar din niqobi ostida amalga oshirilayotganini qoralar ekan, ayniqsa 2015 yil din dushmanlari uchun masjidlar, ibodatxonalar va cherkovlar teraktlar amalga oshiriladigan joylar bo‘lib qolayotganidan taassufda ekanini bildirdi. Eydan xonim so‘zining nihoyasida, kelgusida bu kabi noxushliklarga barham berish maqsadida diniy bag‘rikenglikka asoslangan turli muloqot va anjumanlarni o‘tkazishga katta ahamiyat qaratish zarurligini ma'lum qildi.

Muslim.uz  / Ilyos Ahmedov tayyorladi.

Top