11:07 / 03.07.2015
4267

Malayziya bosh vaziri davlat jamg‘armasidan 700 million dollar oldi

Malayziya bosh vaziri Najib Razzoqning hisob raqamiga davlat fondidan (1MDB) 700 mln dollar miqdoridagi mablag‘ ko‘chirildi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

1MDB davlat fondi tashkil etilganidan buyon bosh vazir jami 11 mlrd dollar miqdoridagi kredit olgan.

Uning vakilining so‘zlariga ko‘ra, bosh vazir jamg‘arma pullarini shaxsiy maqsadlar uchun sarflamagan.

O‘z navbatida fondda ham Najib Razzoq bu pullarni o‘zlashtirib yuborayotgani haqidagi gaplar inkor qilingan.

Top