17:23 / 03.07.2015
2587

Norvegiyalik 92 yoshli kampir qariyalar uyidan “yigit”ining oldiga qochib ketdi

Norvegiyalik 92 yoshli ayol qariyalar uyidan qochib ketdi. Rus OAVlarining xabar berishicha, ayol sevgan insonining oldiga ketib qolgan.
Dastlab ayolni ancha vaqt qidirishdi, u “yigiti” bilan Shvetsiyaga ketgani ma'lum bo‘lgach, qidiruv ishlari to‘xtatildi.
Oslo shimolidagi qariyalar uyi hamshiralari avtoturargoh yaqinida hassa-tayoqlarni topib olishgan, shundan so‘ng ma'muriyat darhol politsiyaga murojaat qilgan. Surishtiruv jarayonida keksa ayol 87 yoshli sevgilisi bilan Stokgolmga yetib borgani aniqlandi.
Ayol sevgan insoni bilan Stokgolmda 10 kun turdi.

Top