10:40 / 03.07.2015
6020

Orolmirza Safarov: San'atkorning martabasi pul va mashina bilan o‘lchanmaydi

O‘zbekiston xalq hofizi Orolmirza Safarov “Oila davrasida” nashriga bergan intervyusida bugungi san'at olamiga hamda undagi san'atkorlarga munosabat bildirib, mavqeidan kekkayib ketgan ayrim san'at vakillarini tanqid ostiga oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, san'atkor o‘zini xalqdan chetda tutishi va undan ustun qo‘yishi katta xatolikdir.
“Agar san'atkor o‘zini eldan katta tutib, manmanlikka berilsa, xalq kichkina jimjilog‘i bilan sal turtib qo‘yadi, qanday osmonga chiqqan bo‘lsa, shunday yerga tushadi, – deydi taniqli san'atkor. – Kamtar bo‘lsangiz, xalq ichida bemalol yurasiz, manmanlikka berildingizmi – zavol topasiz. San'atkor manmanlik bilan martabaga erishmaydi. To‘g‘ri, san'atning ichiga aralashib, pul topishi, eng qimmat mashinada yurishi, dang‘illama hovlilar qurishi mumkin, ammo san'atkorning martabasi bu bilan o‘lchanmaydi”.

Top